«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 3 (2026)
PLANOCOCCUS VOVAE (NASONOV, 1909) NING EKOTIZIMLARDA TARQALISHI VA CHUMOLILAR BILAN TROFOBIOZ MUNOSABATI
Zokirova, Gulnora, Rahmatjonova, Mubina, Meliqoʻziyeva, Mahliyoxon
Abstract
Mazkur maqolada ochiq urug‘li o‘simliklarning xavfli so‘ruvchi zararkunandasi — Planococcus vovae (Hemiptera: Pseudococcidae) un qurtining Farg‘ona vodiysi urban va tabiiy ekotizimlaridagi tarqalishi, biologik xususiyatlari hamda chumolilar (Hymenoptera: Formicidae) bilan trofobioz (mutualistik) munosabati o‘rganildi. Tadqiqotlar 2000–2026-yillarda urbanlashgan (manzarali ko‘kalamzorlar, shahar bog‘lari, ko‘cha ekinzorlari) hamda tabiiy (archazorlar va tog‘ oldi senozlari) ekotizimlarida dala va laboratoriya usullari asosida olib borildi. Turning morfologik tashxisi, mezbon o‘simliklar doirasi, mavsumiy rivojlanishi, asalshudring ishlab chiqarishi va tabiiy dushmanlari aniqlandi. P. vovae ning chumolilar bilan trofobioz mexanizmi besh darajada — fiziologik, biokimyoviy, xulq-atvor, ekologik va morfologik-evolyutsion darajalarda — tahlil qilindi. Natijalar P. vovae ni fakultativ trofobiont sifatida baholash hamda urban ekotizimlarda chumoli parvarishining kuchayishi tufayli zararkunanda zichligining ortishi va tabiiy dushmanlar samaradorligining pasayishi ehtimolini ko‘rsatadi. Olingan ma’lumotlar mintaqada Cupressaceae ko‘kalamzorlarini ekologik xavfsiz himoya qilish strategiyalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Planococcus vovaePseudococcidaeun qurtitrofobiozmutualizmchumolilar (Formicidae)asalshudringCupressaceaearchaFarg‘ona vodiysi
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.