«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 3-нөмір (2026)
TALABALAR MUSTAQIL TA’LIM FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI VOSITALARNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Umarova, Zakhro
Аңдатпа
Mazkur maqolada raqamli ta’lim sharoitida talabalar mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishda raqamli platforma va mobil ilovalarning didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Raqamli vositalar, xususan Pomodoro texnikasiga asoslangan taymer ilovalari hamda Forest kabi diqqatni boshqarishga xizmat qiluvchi ilovalarning o‘quv jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vaqtni samarali taqsimlash va e’tiborni boshqarishga yo‘naltirilgan raqamli vositalar talabalar mustaqil ta’lim jarayonida o‘z-o‘zini boshqarish, intizom va motivatsiyani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pomodoro asosidagi yondashuv o‘quv faoliyatini aniq bosqichlarga ajratish orqali samaradorlikni oshirsa, Forest ilovasi chalg‘ituvchi omillarni kamaytirish orqali diqqatning barqarorligini ta’minlaydi. Natijada talabalar bilimlarni o‘zlashtirish darajasi va mustaqil ishlash ko‘nikmalari sezilarli darajada rivojlanadi. Raqamli platformalarning mazkur didaktik imkoniyatlaridan oqilona foydalanish mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
raqamli ta’limmustaqil ta’lim faoliyatididaktik imkoniyatlarraqamli platformalarPomodoro texnikasivaqtni boshqarishdiqqatni jamlasho‘quv motivatsiyasio‘z-o‘zini boshqarishmobil ilovalar
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.