«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 3 (2026)
EKOLOGIK MUAMMOLARNI ANIQLASH VA BAHOLASHDA GEOINFORMATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Nasriddinov, Jasurbek
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonning yirik shaharlarida, ayniqsa Toshkent shahrida yuzaga kelayotgan dolzarb ekologik muammolar chuqur tahlil qilingan. Urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi natijasida aholi sonining ortishi, yangi qurilishlar va infratuzilmaning kengayishi tabiiy muhitga sezilarli bosim o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, transport vositalari sonining keskin ko‘payishi havoning ifloslanish darajasini oshirib, aholining salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Sanoat korxonalarining kengayishi esa chiqindilar hajmining ortishiga olib kelmoqda. Iqlim o‘zgarishi ham ekologik vaziyatni murakkablashtiruvchi muhim omillardan biridir. Maqolada GIS texnologiyalarining ekologik monitoring, tahlil va boshqaruvdagi ahamiyati alohida ta’kidlanib, ularning ekologik xavfsizlikni ta’minlashdagi samaradorligi asoslab berilgan.
GIS texnologiyalariekologik xavfsizlikhavo ifloslanishiPM2.5urbanizatsiyaekologik monitoringsun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariiqlim o‘zgarishisanoat chiqindilaritransport ifloslanishi
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.