«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 3 (2026)
INGLIZ TILIDA IJTIMOIY REKLAMALARDA EVFEMIZM VA DISFEMIZMLARNING ISHLATILISHI, ULARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Khalikulova, Musharraf
Abstract
Mazkur tadqiqot ishining asosiy maqsadi ingliz tilining stilistik imkoniyatlarini ijtimoiy reklama matnlari misolida o‘rganish, xususan evfemizm va disfemizmlarning qo‘llanilish xususiyatlari, ularning auditoriyaga ta’sir mexanizmlari hamda madaniy omillar bilan bog‘liqligini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tavsifiy (deskriptiv) tahlil, stilistik tahlil, kontekstual tahlil hamda qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, ijtimoiy reklama matnlari misolida evfemizm va disfemizmlarning qo‘llanishi o‘rganilib, ularning semantik va pragmatik xususiyatlari tahlil qilindi, til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashda lingvokulturologik yondashuv qo‘llanildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ingliz tilida ijtimoiy reklamalarda ko‘p hollarda evfemizmlardan salbiy tushunchalarni yumshatish va auditoriyaga moslashtirish uchun foydalaniladi. Disfemizmlar esa muammoning jiddiyligini kuchaytirish, kuchli emotsional ta’sir uyg‘otish va tezkor reaksiyaga undash uchun ishlatiladi. Ayrim hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri leksik birliklar qo‘llanib, muammoning dolzarbligi ochiq ifodalanadi. Stilistik vositalar tanlovi reklamaning maqsadi, auditoriyasi va mavzuning ijtimoiy ahamiyatiga bog‘liq.
ijtimoiy reklamaevfemizmdisfemizmstilistik bo‘yoqdorlikkonnotatsiyaleksik birliklarsemantik ta’sir.social advertisingeuphemismdysphemism
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.