«FarDU­ ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 3 (2026)

ASTRAGALUS NEMATODES YER USTKI QISMLARI EKSTRAKTINING ORGANOLEPTIK VA FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI

Yigitaliyeva, Maxbubaxon

Read at source

Abstract

Ushbu tadqiqot Astragalus nematodes Bunge ex Boiss o‘simligining yer usti qismlaridan ya’ni poyasi, bargi va gulidan olingan ekstraktning organoleptik hamda fizik-kimyoviy xususiyatlarini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi o’simlik ekstraktining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, uning organoleptik tavsiflari va fizik-kimyoviy parametrlarini ilmiy asosda o‘rganishdan iborat. Tadqiqot jarayonida o‘simlik xomashyosi standart talablar asosida quritilib, maydalanib tayyorlandi hamda gidrospirtli eritmalar yordamida ekstraksiya qilindi. Ekstraktning organoleptik ko‘rsatkichlari, jumladan tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi va ta’mi o‘rganilib, amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari bilan taqqoslandi. Fizik-kimyoviy tahlillar davomida namlik miqdori, umumiy kul miqdori va qoldiq erituvchi tarkibi aniqlandi. Tadqiqot natijalari ekstrakt och jigarrang rangli, o‘ziga xos hidga ega amorf kukun ko‘rinishida ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, namlik va kul miqdori belgilangan me’yoriy talablar doirasida ekanligi hamda ekstraktning sifat ko‘rsatkichlari standart talablarga mos kelishi aniqlandi. Olingan natijalar Astragalus nematodes ekstrakti tabiiy biofaol moddalar manbai sifatida istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu o’simlikni farmatsevtika sanoatida, biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishda hamda oziq-ovqat sanoatida qo‘llash imkoniyatlari mavjud

Astragalus nematodesorganoleptik ko‘rsatgichyer ustki qismgidrospirtli eritmaflavonoidlar.Astragalus nematodesorganoleptic characteristicsaerial partshydroalcoholic solutionflavonoids.

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Yigitaliyeva, Maxbubaxon (2026). ASTRAGALUS NEMATODES YER USTKI QISMLARI EKSTRAKTINING ORGANOLEPTIK VA FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 7(3).
GOST R 7.0.5
Yigitaliyeva, Maxbubaxon ASTRAGALUS NEMATODES YER USTKI QISMLARI EKSTRAKTINING ORGANOLEPTIK VA FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2026. Т. 7. № 3.
BibTeX
@article{maxbubaxon2026,
  author  = {Yigitaliyeva, Maxbubaxon},
  title   = {ASTRAGALUS NEMATODES YER USTKI QISMLARI EKSTRAKTINING ORGANOLEPTIK VA FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2026},
  volume  = {7},
  number  = {3}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Yigitaliyeva, Maxbubaxon
TI  - ASTRAGALUS NEMATODES YER USTKI QISMLARI EKSTRAKTINING ORGANOLEPTIK VA FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2026
VL  - 7
IS  - 3
ER  -