«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 3-сан (2026)
BO‘LAJAK LOGOPEDLARDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Xonbabayeva, Madinabonu
Аннотация
Mazkur maqolada bo‘lajak logopedlarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari o‘rganilgan. Tadqiqotning maqsadi logoped mutaxassislarni tayyorlash jarayonida samarali usul va vositalarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot davomida nazariy tahlil, pedagogik kuzatuv, eksperimental metod, so‘rovnoma va test usullaridan foydalanildi. Tajriba ishlarida nazorat va tajriba guruhlari shakllantirilib, innovatsion texnologiyalarning samaradorligi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, muammoli o‘qitish, case-study, simulyatsiya mashg‘ulotlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish talabalar kasbiy kompetensiyalarini sezilarli darajada oshiradi. Xususan, nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va kasbiy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘sish kuzatildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, logopedlarni tayyorlashda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish zarurligi asoslandi.
logopediyakasbiy kompetensiyapedagogik texnologiyalarinnovatsion ta’limmuammoli o‘qitishcase-studysimulyatsiyaamaliy ko‘nikmaAKTlogoped tayyorlash.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.