«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 3-сан (2026)
YER FONDI TARKIBIDAGI O‘ZGARISHLAR SHAROITIDA QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDAN FOYDALANISHNI SAMARALI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Safayev, Sanjarbek
Аннотация
Mazkur maqolada yer fondi tarkibidagi o‘zgarishlar sharoitida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda yer toifalarini o‘zgartirish (yer konversiyasi) jarayonining mohiyati, huquqiy, iqtisodiy va ekologik jihatlari yoritilgan hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, yer konversiyasi jarayonining bosqichlari, asosiy muammolari va ularni hal etish yo‘nalishlari aniqlanib, zamonaviy GAT va raqamli monitoring texnologiyalarini joriy etish orqali yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari yer resurslarini barqaror boshqarish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ekologik muvozanatni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yer fondiqishloq xo‘jaligi yerlariyer konversiyasiyer toifalariyer tuzish loyihalariGAT texnologiyalariyer monitoringiekologik barqarorlikiqtisodiy samaradorlikraqamli boshqaruv tizimi
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.