«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 3 (2026)
SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDA OLINGAN SIRT FAOL MODDA YORDAMIDA KO‘MIRNI GRAVITATSIYA–FLOTATSIYA USULIDA BOYITISHNING ILMIY TAHLILI
Kucharov, Аzizbek, Toshboboyeva, Ra’no, Sultonov, Sadulla, Xalilov, Sanjar, Yusupov, Farkhod
Аннотация
Ushbu maqolada sanoat chiqindilari va mahalliy xom ashyolar asosida olingan SFKM-1 sirt faol moddaning ko‘mirni gravitatsiya–flotatsiya usulida boyitish jarayonidagi samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqotning maqsadi sanoat chiqindilari va mahalliy xom ashyolar asosida sintez qilingan SFKM-1 sirt faol moddaning ko‘mirni gravitatsiya–flotatsiya usulida boyitish jarayonidagi samaradorligini aniqlashdan iborat. Bundan tashqari, Angren va Sharg‘un ko‘mirlari asosida olib borilgan eksperimental sinovlar natijalari hamda maydalash vaqti va texnologik parametrlarning boyitish ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlili haqidagi ilmiy natijalar keltirilgan. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan texnologik sxema asosida laboratoriya qurilmasida tajribalar o‘tkazilib, sirt faol moddaning kimyoviy tarkibi GC–MS usuli yordamida aniqlandi va asosiy komponentlar identifikatsiya qilindi. SFKM-1 sirt faol modda ko‘mirni boyitishda yuqori samaradorlik ko‘rsatib, ekologik va iqtisodiy jihatdan istiqbolli texnologiya ekanligi asoslab berilgan.
ko‘mir boyitish; gravitatsiya–flotatsiya; sirt faol modda; SFKM-1; sanoat chiqindilari; GC–MS tahlil; adsorbsiya mexanizmi; gidrofoblik; ko‘mir yuzasi kimyosi; kollektor xossalari.coal beneficiation; gravity–flotation method; surfactant; SFKM-1; industrial waste; GC–MS analysis; adsorption mechanism; hydrophobicity; coal surface chemistry; eco-friendly reagents; collector properties.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.