«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 3 (2026)
HAQORAT MAZMUNLI MATNLARNI LINGVOKRIMINALISTIK TAHLIL QILISHDA SEMANTIK BELGILAR TIZIMI
Ismailjon, Hojaliyev, Utanova, Vaziraxon
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston sud amaliyoti materiallari asosida haqorat mazmunli matnlarni lingvokriminalistik tahlil qilishda qo‘llaniladigan semantik belgilar tizimi nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada haqorat tushunchasining huquqiy va lingvistik talqini, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasida “beadab shakl” mezonlarining aniq belgilanmaganligi muammosi ko‘tariladi. Mualliflar tomonidan haqorat matnlarini tahlil qilish uchun to‘rt guruh semantik belgilar taklif etiladi: leksik-semantik, pragmatik, stilistik va matniy belgilar. Shuningdek, matn komponentlari o‘rtasidagi kontakt va distant aloqalar, kesimlik shakllari hamda olmoshlar orqali bog‘lanish kabi matn kategoriyalarining ahamiyati yoritilgan. Sud-lingvistik ekspertizasining metodologik muammolari va ekspert xulosalariga qo‘yiladigan talablar ham muhokama qilinadi
lingvokriminalistikahaqoratsemantik belgilarleksik-semantik tahlilpragmatik tahlilstilistik belgilarmatn kategoriyalaribeadab shaklsud-lingvistika ekspertizasiO‘zbekiston sud amaliyoti
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.