«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 3 (2026)
PAYRAVLIK HODISASI – IZDOSHLIK AN’ANASI SIFATIDA
Mannopov, Islombek, Musayeva, Mohiraxon
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotida muhim o‘rin tutuvchi payravlik hodisasi izdoshlik an’anasi sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi yassaviylik adabiyoti doirasida payrav hikmatlarning shakllanishi, ularning poetik xususiyatlari hamda ijodiy an’analarni davom ettirishdagi o‘rnini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, tarixiy-adabiy va matnshunoslik metodlaridan foydalanildi. Natijada payrav hikmatlar yassaviylik adabiy an’analarining barcha asosiy unsurlarini o‘zida mujassam etgani, xususan, she’riy shakl, vazn, radif-qofiya tizimi, mavzu va obrazlar tizimida izdoshlik yaqqol namoyon bo‘lishi aniqlandi. Xulosa sifatida payravlik hodisasi ijodiy izdoshlikning muhim ko‘rinishi bo‘lib, adabiy an’analarni uzviy davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslandi.
payravlikizdoshlik an’anasiyassaviylik adabiyotihikmattazminnaziratasavvufma’rifatorifradif.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.