«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 3-son (2026)
GULISTON SHAHRINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIGA DEMOGRAFIK OMILLARNING TA’SIRI
Joniqulov, Begzod
Annotatsiya
Ushbu maqolada Guliston shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida demografik omillarning ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda shahar aholisining sonini yillar kesimida o‘sib borishi, tabiiy o‘sish, tug‘ilish, o‘lim, nikoh, ajralish, oila va migratsiya kabi demografik jarayonlarning asosiy tarkibiy qismlari statistik hamda ilmiy jihatdan yoritib o‘tilgan. Shaharning 1961-2025-yillardagi aholi soni bo‘yicha statistik ma’lumotlar ikki davrga bo‘lingan holda o‘rganilgan. Shu bilan birga shahardagi mahallalar kesimida oilalar soni hududiy tahlil etilib, shaharning qaysi hududida joylashgan mahallalarda aholi zichligi yuqoriligi tahlil qilingan. Ilmiy maqolani yozilish jarayonida demografiyaning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblangan hududning o‘lim ko‘rsatkichlariga doir ma’lumotlar 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi, go‘daklar o‘limi va onalar o‘limiga doir so‘nggi yillardagi statistik raqamlar tahlil etilgan.
shaharaholioilamigratsiyao‘lim5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limigo‘daklar o‘limionalar o‘liminikohajralish
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.