«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 3 (2026)
N-(1H-1,2,4-TRIAZOL-3-IL) ASETAMID ASOSIDA SINTEZ QILINGAN METALL KOMPLEKSLARNING IN VITRO ANTIMIKROB FAOLLIGI VA MOLEKULYAR DOKING NATIJALARI
Turgunboyev, Shavkatjon, Chalabayeva, Zilolaxon, Kadirova, Shakhnoza
Аннотация
Annotatsiya Maqolada N-(1H-1,2,4-triazol-3-il) asetamid (L₂) asosida olingan Cu(II), Ni(II) va Zn(II) xloridli komplekslarning amaliy antimikrob faolligi hamda nazariy biologik potensiali tahlil qilindi. Antimikrob skrining CLSI M02, DIN va GF XI talablariga moslashtirilgan agardagi disk-diffuziya usulida olib borildi. Tadqiqotda Bacillus subtilis, Agrobacterium tumefaciens, Escherichia coli, Staphylococcus aureus bakteriya shtammlari hamda Fusarium solani va Fusarium oxysporum zamburug‘lariga nisbatan ingibirlanish zonalari baholandi. Natijalar ichida [Zn(L₂)₂(H₂O)₂]Cl₂ kompleksi eng yuqori faollikni namoyon etdi: B. subtilis uchun 15,3±0,47 mm, A. tumefaciens uchun 24,17±0,56 mm, E. coli uchun 22,13±0,26 mm va S. aureus uchun 23,0±0,36 mm. Molekulyar doking natijalari ham Zn(II) kompleksining 6QF6 saraton oqsili va 1LRU E. coli oqsili bilan kuchliroq bog‘lanishini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar 1,2,4-triazol hosilalari asosidagi Zn(II) komplekslari yangi biologik faol koordinatsion birikmalarni izlashda istiqbolli ob’ekt ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: 124-triazolkoordinatsion kompleksZn(II)Cu(II)Ni(II)disk-diffuziyaantimikrob faollikmolekulyar doking
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.