«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 7 № 2 (2026)
MILLIY KURASHCHILARNING SPORT TAYYORGARLIGI JARAYONIDA TEZKOR-KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA METODIK ASOSLARI
Gʻofurov, Azizbek, Sulaymonova, Durdona
Аннотатсия
Mazkur maqolada milliy kurash bilan shug'ullanuvchi sportchilarning tayyorgarlik jarayonida tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishning nazariy hamda metodik jihatlari keng yoritilgan. Zamonaviy sport amaliyotida jismoniy sifatlarni uyg'un holda rivojlantirish sport natijalarini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tezlik va kuch sifatlarining birgalikda namoyon bo'lishi kurash sport turlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot doirasida tezkor-kuch qobiliyatining fiziologik, biomexanik va neyrofiziologik asoslari tahlil qilinib, ularni mashg'ulot jarayonida samarali rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy metodik yondashuvlar ko'rib chiqilgan. Shuningdek, milliy kurashga xos bo'lgan texnik harakatlar hamda bellashuv jarayonida sportchidan talab etiladigan funksional imkoniyatlar o'rganilgan. Ilmiy kuzatuvlar asosida tezkor-kuch tayyorgarligining sportchilarning natijadorligiga ko'rsatadigan ta'siri tahlil qilinib, mashg'ulot jarayonini takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari kurashchilar tayyorgarligini yanada samarali tashkil etish, mashg'ulot yuklamalarini maqbullashtirish va sportchilarning funksional salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Milliy kurashtezkor-kuch sifatlarisport tayyorgarligi tizimijismoniy sifatlar rivojianaerob energiya manbalaribiomexanik xususiyatlarmashg'ulot metodikasisport natijadorligiportlovchi kuchkurashchilar tayyorgarligi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.