«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-нөмір (2026)
OʻZBEKISTON POPULYATSIYASIDA D6S1043 MIKROSATELLIT LOKUSINING POLIMORFIZMI BOʻYICHA GENETIK MASOFALAR TAHLILI
Tosheva, Dinara, Nurmamatova, Xursanoy
Аңдатпа
Ushbu tadqiqotda D6S1043 autosom STR lokusining polimorfizm darajasi va Oʻzbekiston populyatsiyasining dunyo genofondidagi oʻrni qiyosiy tahlil qilingan. Referent bazani shakllantirish maqsadida respublikaning barcha hududlaridan jami 1 538 nafar qarindosh boʻlmagan shaxslarning DNK namunalari oʻrganildi. Populyatsiyalararo genetik differensiatsiya darajasi Nei metodi boʻyicha juft FST koʻrsatkichlari va UPGMA klaster tahlili yordamida baholandi. Natijalar Oʻzbekiston populyatsiyasining Iroq va Italiya guruhlari bilan yuqori darajadagi genetik yaqinligini (tegishlicha FST = 0.0048 va 0.0051), shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasiga xos boʻlgan noyob allel variantlari mavjudligini koʻrsatdi. Olingan maʼlumotlar sud-genetik identifikatsiya tizimida statistik hisob-kitoblarning aniqligini oshirish va populyatsiyaning mikroevolyutsion jarayonlarini oʻrganishda muhim ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi.
D6S1043mikrosatellit lokuslarOʻzbekiston populyatsiyasiallel chastotalarigenetik differensiatsiyaFST masofasiUPGMA klasterlashsud-genetik ekspertizasi.D6S1043microsatellite loci
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.