«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 7 № 2 (2026)
MARKAZIY OSIYONING IX–XII ASRLAR FAN TARIXINI O‘RGANISHDA JORJ SARTONNING O‘RNI
Abdurahimov, Javlonbek
Аннотатсия
Ushbu maqolada zamonaviy fan tarixshunosligining asoschilaridan biri Jorj Sartonning Markaziy Osiyo IX–XII asrlar ilmiy merosini jahon fan tarixi doirasida talqin etishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda Sartonning universal-xronologik yondashuvi, ilmiy taraqqiyotni “tizimlashtirilgan ijobiy bilimlar” rivoji sifatida izohlashi, musulmon Sharqi ilm-faniga bergan bahosi hamda al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, al-Beruniy, Ibn Sino va Umar Xayyom kabi allomalarni umumjahon ilmiy tafakkuri tarixining markaziy siymolari sifatida ko‘rsatishdagi xizmati yoritiladi. Maqolada Sarton konsepsiyasining tarixshunoslikdagi ahamiyati bilan bir qatorda, uning biografik-ensiklopedik uslubi, “buyuk shaxslar”ga tayanish tamoyili, mintaqaviy tarixiy muhitni yetarlicha ochib bermaslik kabi metodologik cheklanishlari ham tanqidiy baholanadi. Xulosa sifatida Sarton merosi Markaziy Osiyo fan tarixini jahon ilmiy taraqqiyoti tarkibida o‘rganish uchun muhim konseptual asos bo‘lib qolishi, biroq uni zamonaviy manbashunoslik, mintaqaviy tarix va komparativ metodlar bilan to‘ldirish zarurligi asoslanadi.
Jorj SartonMarkaziy Osiyofan tarixiIX–XII asrlartarixshunoslikal-Xorazmiyal-Farg‘oniyal-BeruniyIbn Sinoilmiy metodologiya.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.