«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-нөмір (2026)
GERМANIYADA ARABSHUNOSLIK ILMIY MAKTABINING SHAKLLANISHIDA YAKOB KRISTMANN (1554–1613)NING O‘RNI
Xoldarov, Akmaljon
Аңдатпа
Mazkur maqolada Yakob Kristmanning XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida Germaniyada arabshunoslik ilmiy maktabi shakllanishidagi o‘rni tarixshunoslik va manbashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Tadqiqotda olimning Haydelberg ilmiy muhiti, “Collegium Sapientiae” (“Donishmandlik kolleji”) va “Casimirianum” (“Kazimirianum”) bilan bog‘liq faoliyati, arab yozuvi va tilini o‘rgatishga qaratilgan “Alphabetum Arabicum cum Isagoge scribendi legendique Arabicè” (“Arab alifbosi: arab tilida yozish va o‘qishga kirish”) asari, shuningdek, al-Farg‘oniyning astronomiya va xronologiyaga oid merosini lotin ilmiy muomalasiga kiritgan “Muhamedis Alfragani Arabis Chronologica et Astronomica Elementa” (“Arab Muhammad al-Farg‘oniyning xronologiya va astronomiyaga oid asoslari”) nashri asosiy tahlil obyekti sifatida o‘rganildi. Maqolada Y.Kristmann arabshunosligi faqat diniy-polemik maqsadlar bilan cheklanmagani, balki filologiya, xronologiya, astronomiya va qo‘lyozma manbalarni ilmiy o‘zlashtirish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lgani asoslangan.Y.Kristmann Germaniyada arab tilini mustaqil universitet fani sifatida o‘qitilisiga zamin yaratgan, biroq uning faoliyati hali to‘liq shakllangan arabshunoslik maktabi emas, balki institutsional va metodologik shakllanish bosqichi sifatida baholanishi lozim.
Yakob Kristmannnemis arabshunosligiHaydelberg universiteti“Collegium Sapientiae”“Casimirianum”“Alphabetum Arabicum”al-Farg‘oniy“Bibliotheca Palatina”arab tiliilmiy maktab.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.