«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-нөмір (2026)
OLIY TA’LIMDA VULQON OTILISHI JARAYONLARINI VIRTUAL REALLIK TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QITISH SAMARADORLIGI
Axmadaliyev, Yusupjon, Mamatisakov, Jakhongir
Аңдатпа
Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimi darslarida vulqon otilishi jarayonlarini virtual reallik texnologiyalari asosida o‘qitish samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, vulqon otilishi kabi murakkab, ko‘p omilli va xavfli geologik hodisalarni an’anaviy ta’lim vositalari orqali to‘liq anglash ko‘pincha qiyin kechadi. VR (virtual reallik) esa bunday jarayonlarni uch o‘lchamli, interaktiv va immersiv shaklda namoyish etib, talabaning fazoviy tasavvuri, motivatsiyasi va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini beradi . Maqolada mavzuga oid zamonaviy xorijiy adabiyotlar tahlil qilinib, virtual field trip (virtual olamga sayohat), immersiv VR, geoxavf ta’limi va geologik ko‘nikmalarni shakllantirishga doir ilmiy natijalar umumlashtiriladi. Shuningdek, oliy ta’lim sharoitida vulqon otilishini VR asosida o‘qitish bo‘yicha tajriba-sinov modeli taklif etiladi. Natijada, virtual reallik texnologiyalari geologik xavf hodisalarini o‘qitishda yuqori didaktik salohiyatga ega ekanligi, ayniqsa murakkab fazoviy jarayonlarni tushuntirish, xavfsiz ta’limiy muhit yaratish va o‘quvchilarning fanlarga qiziqishini kuchaytirishda samarali vosita bo‘la olishi asoslanadi.
VR (virtual reallik)immersiv ta’limvulqon otilishigeologiya ta’limivirtual field tripgeoxavfinteraktivlik.VR (virtual reality)immersive learningvolcanic eruption
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.