«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 2 (2026)
KUNMING–MONREAL GLOBAL DASTURI DOIRASIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISHNING GEOEKOLOGIK JIHATLARI
Abdugʻaniyev, Olimjon, Abduvaliev, Khayitboy, Dehqonboyeva, Mavludaxon
Abstract
Ushbu maqola Kunming–Montreal Global dasturini (GBF) talablarini Farg‘ona viloyati sharoitida amalga oshirishning geografik–ekologik asoslarini ilmiy jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Farg‘ona viloyatining tabiiy geografik sharoiti, landshaft tuzilmasi, ekologik resurslari va biologik xilma-xillik holati tahlil qilinib, global biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha GBF konsepsiyasining hududiy darajada tatbiq etish imkoniyatlari asoslab berilgan. Ishda GBFning maqsad va ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro ekologik siyosatdagi o‘rni, mintaqaviy darajadagi amaliy tajribalar ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida biologik xilma-xillikni saqlashga ta’sir etuvchi antropogen omillar, landshaftlarning transformatsiya darajasi va ekologik muhofaza tarmog‘ining hozirgi holati GIS asosida baholangan. Hududda ekologik rejalashtirish va biologik xilma-xillikni barqaror boshqarish bo‘yicha ustuvor strategik yo‘nalishlar taklif qilingan.
Biologik xilma-xilliklandshaft xilma-xilligimuhofaza etiladigan tabiiy hududlarekologik tarmoqlarturlarni muhofaza qilish indeksi (spi)iqlim o‘zgarishi.Biological diversitylandscape diversityprotected natural areasecological networks
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.