«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-сан (2026)
TRANSCHEGARAVIY HUDUDLARDA BIOLOGIK VA LANDSHAFT XILMA-XILLIGINI MUHOFAZA QILISHDA «UZLUKSIZ SAQLASH» KONSEPSIYASINI QO‘LLASH MEZONLARI
Abdugʻaniyev, Olimjon, Mahkamov, Elyorbek, Kosimov, Dilshodbek
Аннотация
Maqola transchegaraviy hududlarda biologik va landshaft xilma-xilligini muhofaza qilishda «uzluksiz saqlash» (continuous conservation) konsepsiyasini qo‘llashning ilmiy-amaliy asoslariga bag‘ishlangan. Global ekologik tanazzul va landshaftlarning fragmentatsiyasi sharoitida an’anaviy «izolyatsiyalangan muhofaza» modelining samarasizligi tahlil etilib, muqobil yondashuv sifatida ekologik tarmoqlarni shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Tojikiston va Qirg‘iziston respublikalari bilan chegaradosh, cho‘l, adir va tog‘ mintaqalarini o‘z ichiga olgan Farg‘ona viloyati tanlab olingan. Maqolada «uzluksiz saqlash» konsepsiyasining funksional-iyerarxik modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni alohida «orolchalar» sifatida emas, balki yagona funksional tizim sifatida boshqarish, transchegaraviy ekologik hamkorlikni kuchaytirish mexanizmlarini tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
biologik xilma-xilliklandshaft xilma-xilligimuhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH)uzluksiz saqlash konsepsiyasiekologik tarmoqlartranschegaraviy hamkorlikekologik yo‘laklarbiological diversitylandscape diversityprotected natural areas (PNA)
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.