«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 2 (2026)
MUQADDAS JOYLARNI HUDUDIY TASHKIL ETISH VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Turdiboyeva, Shaxloxon
Аннотация
Ushbu maqolada muqaddas joylar – ziyoratgohlar va qadamjolarning hududiy tashkil etilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillar tahlil qilingan. Tadqiqotda muqaddas maskanlarning geografik joylashuvi, landshaft bilan bog‘liqligi, suv manbalari, tog‘ hududlari, daraxtlar va boshqa tabiiy obyektlar bilan aloqadorligi ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, Farg‘ona vodiysi hududida joylashgan qadamjoylar va ziyoratgohlarning hududiy tarqalishi, ularning tarixiy, madaniy va diniy ahamiyati tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, muqaddas joylarning hududiy tashkil topishida tabiiy-geografik sharoit, tarixiy jarayonlar, aholi manzilgohlari hamda suv tizimlari muhim omil bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan.
Muqaddas joylarziyoratgohlarqadamjolarhududiy tashkil etishsakral landshaftdiniy turizmtabiiy-geografik omillarFarg‘ona vodiysibuloqlarmuqaddas daraxtlar.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.