«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-сан (2026)
SABZI (DAUCUS SATIVUS HOFFM. ROHL) NEMATODALARINING BALANDLIK MINTAQALARI BO‘YICHA TARQALISHI
Kambarov, Sardorbek, Eshova, Kholisa, Zakirov, Odil, Jalolov, Bakhtiyor, Axmedov, Anvarjon, Terdiyev, Zafarbek, Kuranov, Azizullo, Abdutolibov, Muhriddin
Аннотация
Maqolada Sharqiy Farg‘ona vodiysi sharoitida sabzi (Daucus sativus Hoffm. Rohl.) rizosferasida uchraydigan nematodalar faunasining balandlik mintaqalari bo‘yicha ekologik taqsimoti o‘rganilgan. Tadqiqotlar quyi adir, yuqori adir, quyi tog‘ va yuqori tog‘ zonalarini qamrab olib, vertikal gradientning nematodalar turlari tarkibi, populyatsiya zichligi va trofik strukturasiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. Natijalar balandlik ortishi bilan nematodalar xilma-xilligi va individual zichligi pasayishini, fitoparazitar turlar (Pratylenchus pratensis, Ditylenchus dipsaci) esa asosan quyi adir mintaqasida to‘planishini ko‘rsatdi. Yuqori balandliklarda saprofag va bakteriofag nematodalar ustunlik qilishi tuproqning biologik barqarorligini aks ettiradi. Olingan ma’lumotlar sabzi agroekotizimlarida fitonematodalarni zonal nazorat qilish va nematodalar asosida bioindikatorlik monitoringini rivojlantirish uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Sabziadirtog‘nematodabalandlikCarrotfoothill zonemountain zonenematodesaltitudinal gradient.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.