«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 7 № 2 (2026)
DIKROSELIYA TREMATODASI TA’SIRIDA QO‘YLAR JIGARIDA KUZATILADIGAN PATOLOGIK O‘ZGARISHLAR
Baxtiyorjon, Avazbekovich, Zokirov, Islomjon
Аннотатсия
Ushbu maqolada qo‘ylarda dikroseliozning etiologik omili bo‘lgan Dicrocoelium dendriticum trematodasining jigar to‘qimalariga ko‘rsatadigan patomorfologik ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot davomida tabiiy invaziyalangan qo‘ylar jigari makroskopik va gistologik usullar asosida o‘rganildi. Tekshiruvlar jarayonida jigarning kattalashuvi, zichlashuvi, kapsulaning qalinlashuvi, safro yo‘llarining kengayishi va devorlarining qattiqlashuvi qayd etildi. Gistologik tahlilda safro yo‘llari epiteliyasining giperplaziyasi, periduktal fibroz, gepatotsitlarda donador va yog‘li degeneratsiya hamda yallig‘lanish hujayralari infiltratsiyasi aniqlandi. Aniqlangan o‘zgarishlar dikroseliozning surunkali kechishida jigar arxitektonikasining buzilishi va funksional faolligining pasayishi uchun morfologik asos yaratishini ko‘rsatadi. Olingan natijalar dikroseliozning erta diagnostikasi va profilaktikasini takomillashtirish nuqtai nazaridan muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
dikroseliozDicrocoelium dendriticumqo‘yjigarsafro yo‘llariperiduktal fibrozpatomorfologiya.dicrocoeliosisDicrocoelium dendriticumsheep
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.