«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 7 № 2 (2026)
ADVENTIV HASHAROTLARNI O‘RGANILISHIGA OID
Xusаnov, Аlijon, Tillayeva, Saidaxon Toxirjon qizi
Аннотатсия
Mazkur adabiyotlar sharhiga bag‘ishlangan maqolada adventiv hasharotlarni o‘rganishning nazariy-terminologik asoslari, tadqiqotlar evolyutsiyasi hamda dunyo, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston miqyosida olib borilgan ilmiy ishlar tahliliy yondashuv asosida umumlashtirildi. Adabiyotlar tahlili invaziyalar vektorlarida xalqaro savdo va transport oqimlari, tirik o‘simlik materiali, yog‘och qadoqlash vositalari hamda introduksiya qilingan dendroflora hal qiluvchi o‘rin tutishini ko‘rsatdi. Mintaqaviy tadqiqotlarda adventiv entomofaunaning tarkibida Hemiptera turkumiga mansub so‘ruvchi hasharotlar ulushi yuqori ekani, ularning urban va agroekotizimlarda tez moslashuvi hamda iqtisodiy xavfi alohida ta’kidlandi. Tahlil natijalari Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda adventiv hasharotlar bo‘yicha faunistik qaydlar kengayayotgan bo‘lsa-da, areal kengayish dinamikasi, bioekologik xususiyatlar, xo‘jayin o‘simliklar bilan trofik aloqalar va iqtisodiy zarar darajasini kompleks monitoring asosida baholash yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganini ko‘rsatdi.
adventiv hasharotlarinvaziv turlarbioinvaziyaHemipteraentomofaunaMarkaziy OsiyoO‘zbekiston.adventive insectsinvasive speciesbioinvasion
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.