«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-нөмір (2026)
NAYMANSOY DARYOSI (FARG‘ONA VODIYSI) IXTIOFAUNASINING TUR TARKIBI VA TUZILISHI
Qayumova, Yorqinoy, Urmonova, Dilafruz
Аңдатпа
Mazkur maqola Farg‘ona vodiysining kichik suv havzalaridan biri bo‘lgan Naymansoy daryosining ixtiyofauna tarkibi va tuzilishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot ishlari 2025-yilda bahor va kuz mavsumlarida olib borilib, daryoning yuqori va o‘rta oqimlarida baliq namunalarini yig‘ish ishlari amalga oshirildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Naymansoy daryosida baliqlarning 2 turkum, 8 oila va 12 turdan iborat ixtiyofauna tarkibi aniqlandi. Aniqlangan turlar orasida mahalliy, endemik, invaziv va iqlimlashtirilgan baliq turlari mavjudligi qayd etildi. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Sabanejewia aralensis va Cottus spinulosus turlarining aniqlanishi tadqiqotning muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, Dzihunia pseudoamudarjensis turining yangi hududlarda qayd etilishi uning areali kengayib borayotganidan dalolat beradi. Olingan natijalar Naymansoy daryosi ixtiyofaunasini baholash, biologik xilma-xillikni saqlash va suv ekotizimlarini muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
ixtiofaunaNaymansoy daryosibaliq turlariendemik turlarinvaziv turlarbioxilma-xillik.ichthyofaunaNaymansoy Riverfish diversityendemic speciesinvasive species
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.