«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 2 (2026)
FARG‘ONA VODIYSI KAMYOB ENDEMIGI MOGOLTAVIA SEVERZOWII (APIACEAE) SENOPOPULYATSIYASINING ONTOGENEZI VA ONTOGENETIK TUZILISHI
Davidov, Maxmudjon, Şahin, Годин
Аннотация
Ilk bor Farg‘ona vodiysi kamyob endemigi Mogoltavia severzowiining ontogenezi o‘rganildi va senopopulyatsiyalarining ontogenetik strukturasi aniqlandi. Tadqiqotlar 2022-2024-yillarda umumqabul qilingan usullar bo‘yicha o‘tkazildi. M. sewerzowii ko‘p yillik kaudeks hosil qiluvchi o‘q ildizli o‘tsimon o‘simlik ekanligi aniqlandi. Voyaga yetgan individning asosiy struktura birligi politsiklik yarim to‘pbargli novda ekanligi ko‘rsatilgan. Ontogenezning butun dasturi urug‘dan kelib chiqqan bitta individ hayotida amalga oshadi. Populyatsiyalarda individlar sonini saqlab qolish faqat urug‘ yordamida amalga oshiriladi. M. sewerzowiini tabiiy sharoitda saqlab qolish uning ishtirokida fitotsenozlarga yaylov yuklamasini kamaytirish orqali amalga oshirilishi mumkinligi aniqlandi.
Mogoltavia severzowiiendemikFarg‘ona vodiysi.Mogoltavia severzowiiendemicFergana Valley.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.