«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 2-san (2026)
CLADOCERA (CRUSTACEA: BRANCHIOPODA) VAKILLARINING MORFOMETRIK, QIYOSIY VA STATISTIK TAHLILI
Samijonova, Gulzira, Madumarov, Maqsadjon, Madumarova, Saodatxon
Annotaciya
Ushbu tadqiqotda Oʻzbekiston suv havzalarida keng tarqalgan Cladocera turlarida populyatsiyalararo va ontogenetik morfologik variatsiya morfometrik hamda statistik usullar bilan baholandi. Mamlakat bo‘yicha 8 ta eurybiont tur qayd etilib, Chydorus sphaericus, Moina brachiata va Daphnia pulex populyatsiyalari qiyosiy tahlil qilindi. Tana o‘lchamlarida gradient aniqlandi: Ch. sphaericus eng kichik, M. brachiata o‘rtacha, D. pulex eng yirik tur. Variabellik darajasi M. brachiatada past (CV ~3–6%), D. pulexda yuqori (CV ~12–13%), Ch. sphaericusda o‘rtacha (CV ~10–11%) bo‘ldi. Postabdomen/CL nisbati (~0,32) uchala turda ham barqaror saqlanib, konservativ belgi ekani ko‘rsatildi. Hududlar bo‘yicha TL va karapaks proporsiyalarining kichik siljishi fenotipik plastiklik ehtimolini tasdiqlaydi.
Cladocera; morfometriya; populyatsiyalararo variatsiya; ontogenez; fenotipik tuzilish; OʻzbekistonCladocera; morphometrics; interpopulation variation; ontogenetic variation; phenotypic plasticity; Uzbekistan.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.