«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-нөмір (2026)
FARGʻONA VILOYATI ZOVURLARIDA TARQALGAN LEUCISCUS SQUALIUSCULUS (KESSLER, 1872) NING MORFOMETRIK KOʻRSATKICHLARIGA ASOSLANGAN QIYOSIY TAHLILI
Xalimov, Sharofiddin, Komilova, Dildoraxon, Sheraliev, Bakhtiyor, Nurmatova, Mamura
Аңдатпа
Fargʻona viloyati Bagʻdod, Fargʻona va Qoʻshtepa tumanlari hududlaridagi zovurlarda tarqalgan Leuciscus squaliusculus (Kessler, 1872)ning 27 ta morfometrik koʻrsatkichlari Styudent t-testi va asosiy komponentlar tahlili (PCA) asosida tadqiq etildi. Styudent t-testi natijalariga koʻra, Fargʻona va Bagʻdod zovurlari populyatsiyalarida farq qayd etilmadi. Fargʻona va Qoʻshtepa zovurlari populyatsiyalarida 3 ta, Bagʻdod va Qoʻshtepa zovurlari populyatsiyasi oʻrtasida esa 2 ta morfometrik belgilarida ishonchli darajada farqlar borligi aniqlandi. Asosiy komponentlar tahlili ham Styudent mezoni boʻyicha olingan natijalarni tasdiqladi. Natijada ushbu turning uch populyatsiyasi oʻrtasida keskin ajralish kuzatilmagani aniqlandi. Bu esa zovur suvlarida tarqalgan L. squaliusculus populyatsiyalari orasida sezilarli alohidalanish yuz bermaganini ifoda etadi.
chuchuk suv baliqlariLeuciscidaeendemik turmorfologik oʻzgaruvchanlikStyudent mezoniasosiy komponentlar tahlili (PCA).freshwater fishLeuciscidaeendemic speciesmorphological variability
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.