«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 2-san (2026)
QAMCHIQSOY DARYOSIDAGI ISKANDARIA KUSCHAKEWITSCHI (HERZENSTEIN, 1890) POPULYATSIYASINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
Qayumova, Yorqinoy, Komilova, Dildoraxon, urmonova, Dilafruz
Annotaciya
Mazkur maqolada Qamchiqsoy daryosida uchrovchi Iskandaria kuschakewitschi (Herzenstein, 1890) populyatsiyasining morfometrik va meristik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tadqiqot 2025 yil yoz–kuz mavsumida yig‘ilgan 21 ta namunaga asoslandi. Morfometrik o‘lchovlar Kottelat & Freyhof (2007) metodikasi asosida amalga oshirildi. Natijalar Qamchiqsoy populyatsiyasining boshqa hudud populyatsiyalaridan ayrim morfologik belgilar, jumladan, suzgichlar joylashuvi, dum bandi proporsiyalari hamda dorsal dermal keel mavjudligi bilan farqlanishini ko‘rsatdi. Variatsiya koeffitsienti ayrim belgilar bo‘yicha yuqori fenotipik o‘zgaruvchanlikni namoyon etdi. Aniqlangan morfologik tafovutlar ekologik omillar ta’sirida shakllangan fenotipik plastiklik yoki populyatsiyalararo genetik divergensiyaning boshlang‘ich bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Olingan natijalar mazkur populyatsiyani integrativ taksonomiya yondashuvi asosida (morfologik va molekulyar-genetik tahlillarni birgalikda qo‘llagan holda) chuqurroq o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Iskandaria kuschakewitschiQamchiqsoy daryosimorfometriyameristikapopulyatsiyafenotipik o‘zgaruvchanlikIskandaria kuschakewitschiQamchiqsoy Rivermorphometrymeristics
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.