«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 2-son (2026)
AGROEKOTIZIMLAR BARQARORLIGIDA HASHAROTLAR XILMA-XILLIGINING EKOLOGIK VA AMALIY AHAMIYATI
Zokirov, Islomjon, Mahmudov, Mirmuhsin, Asqarova, Dilnoza, Begmatova, Muazzamxon, Shirmatova, Madinabonu, Temirova, Shamsiqamarbegim, Jumayeva, Aziza
Annotatsiya
Mazkur analitik maqolada hasharotlar xilma-xilligini (turlarning boyligi, funksional guruhlar va trofik rollar) o‘rganishning ekotizim barqarorligi hamda amaliy sohalar, ayniqsa qishloq xo‘jaligi uchun ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Hasharotlar pollinatsiya, biologik kurash, parchalanish va modda aylanishi, trofik tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash kabi ko‘plab ekotizim xizmatlarining asosiy ijrochilari ekani, shu bilan birga zararkunandalar sifatida ekotizim zararli ekologik funksiyalarni ham shakllantirishi yoritiladi. Maqolada agroekotizimlarda foydali (entomofaglar, changlatuvchilar, detritofaglar) va zararli turlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlashda biologik xilma-xillikning roli hamda uyg`unlashgan kurash yondashuvining ekologik asoslari ko‘rsatib beriladi. Bioindikatsiya va monitoringda hasharot guruhlari (xususan, tuproq va o‘simlik qoplamiga sezgir bioindikatorlar)dan foydalanish istiqbollari muhokama qilinadi.
hasharotlarxilma-xillikekotizimentomofaglaragroekotizimbioindikatsiyainsectdiversityecosystementomophagous
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.