«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 2 (2026)
CsPbI₂Br PEROVSKIT FAOL QATLAMLARINING ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA PbI₂ NING ROLI
Saparbayev, Aziz, Nurumbetova, Lobar, Saydaliyeva, Shaxlo, Otaqulova, Nilufar, Shodiyeva, Zulayxo
Abstract
Ushbu tadqiqotda CsPbI₂Br perovskit yordamida 100 °C qizdirish orqali α-fazani hosil qilish qiyin bo’lib, shu muammoni bartaraf etish uchun PbI₂ o’rniga modifkatsiya qilingan HPbI₃ ishlatildi. Natijada CsPbI₂Br perovskit eritmasi orqali bir bosqichli spin-coating jarayonida silliq, zich va 100 °C haroratda qisqa vaqt ichida qizdirish orqali to’q jigarrang α-CsPbI₂Br faol qatlami hosil bo’lishiga erishildi. Perovskit qatlamlarining strukturaviy, optik va morfologik xossalari turli harorat va qizdirish davomiyligida (100–150 °C, 2–10 daqiqa) o’rganildi. Tadqiqot natijalari past haroratli tayyorlash sharoitida optimal kristall tuzilish, zich va yirik donachali morfologiya, yuqori yutilish xossalari va yaxshi fazaviy barqarorlikka erishish mumkinligini ko’rsatdi.
CsPbI₂Br perovskittermal ishlov berishoptik xossalarkristallanishyutilishquyosh elementlariCsPbI₂Br perovskitethermal annealingoptical propertiescrystallization
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.