«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-сан (2026)
QORA QARAGʻAY (PINUS NIGRA) KIMYOVIY TARKIBI VA FITOFAG HASHAROTLARNING UNGA FIZIOLOGIK, KIMYOVIY, ETOLOGIK HAMDA EKOLOGIK MOSLASHUVI
Zokirova, Gulnora, Shirmatova, Madinabonu
Аннотация
Maqolada qora qaragʻay (Pinus nigra) ninalari va poʻstlogʻidagi ikkilamchi metabolitlarning kimyoviy tarkibi hamda fitofag hasharotlarning ushbu kimyoviy himoyaga moslashuvlari ilmiy adabiyot asosida umumlashtirilgan. Qaragʻay himoyasi asosini uchuvchan mono- va seskviterpenlar, diterpen smola kislotalari va fenol birikmalar tashkil etishi koʻrsatilgan. Hasharotlar bu toʻsiqni detoksikatsiya fermentlari (P450, GST, esterazalar), terpenlarni feromonga aylantirish va sekvestratsiya, ommaviy hujum hamda agregatsiya feromonlari va mikrobial simbioz orqali yengib oʻtadi. Asosiy xulosa — daraxt toksinlari koʻpincha hasharot tomonidan oʻz manfaatiga aylantiriladi; bu koevolyutsion bosimning yorqin namunasidir.
Pinus nigraterpenoidlarsmola kislotalaridetoksikatsiyaagregatsiya feromonisekvestratsiyaichak mikrobiomikoevolyutsiya.Pinus nigraterpenoids
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.