«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 2-san (2026)
SULFOLANGAN PAXTA SELLYULOZASINING KOMPLEKS TUZILMAVIY TAHLILI: ELEMENT TARKIBI, FURE-IK VA YAMR-SPEKTROSKOPIYA MA’LUMOTLARI
Asranova, Umidaxon, Nurmonov, Suvankul
Annotaciya
Ushbu ishning maqsadi avval ishlab chiqilgan optimallashtirilgan metodika asosida sintez qilingan sulfolangan paxta sellyulozasining (SCel) kompleks tuzilmaviy tavsifini berishdan iborat. Har tomonlama tahlil uchun bir-birini to‘ldiruvchi fizik-kimyoviy usullar qo‘llanildi: element tahlili (CHNS), Fure-IK spektroskopiyasi va ((_1^13)C) YaMR-spektroskopiyasi. Element tahlili oltingugurtning yuqori miqdorini (5,85 mass.%) tasdiqladi, bu esa almashinish darajasi (DS) 0,41 ga mos keladi. IK-spektrlarda 1240–1220 〖sm〗^(-1) (ν_as S=O) va 1060–1030 〖sm〗^(-1) (ν_s S-O-C) oraliqlarida sulfoefir guruhiga xos bo‘lgan xarakteristik polosalar aniqlandi hamda karbonil guruhiga tegishli (~1720 〖sm〗^(-1)) polosa kuzatilmadi, bu esa sulfolash jarayonining selektivligini ko‘rsatadi. ((_1^13)C) YaMR ma’lumotlari almashtiruvchi guruhlarning asosan C6 atomi atrofida joylashganini (signalning 60–62 dan 65–68 m.d. gacha siljishi) va C2/C3 pozitsiyalarida qisman almashish mavjudligini aniq isbotladi.Shu tariqa, mustaqil usullar natijalarining o‘zaro mosligi maqsadli mahsulot – asosan C6-pozitsiyasida almashgan sellyuloza sulfati hosil bo‘lganini ishonchli tasdiqlaydi. Bu esa uning yuqori funksional xossalarini tushuntirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
paxta sellyulozasi; sulfolash; almashinish darajasi (DS); element tahlili; Fure-IK spektroskopiyasi; ((_1^13)C) YaMR-spektroskopiyasi; almashtiruvchilar taqsimoti; sellyuloza sulfati.cotton cellulose; sulfonation; degree of substitution (DS); elemental analysis; FTIR spectroscopy; (_6^13)C NMR spectroscopy; substituent distribution; cellulose sulfate.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.