«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-сан (2026)
POETIK MATNDA LISONIY SHAXSNING VOQELANISHI (SIDDIQ MO‘MIN IJODI MISOLIDA)
Yuldasheva, Dilafruz
Аннотация
Mazkur maqolada zamonaviy antropotsentrik tilshunoslikning muhim kategoriyalaridan biri bo‘lgan lisoniy shaxs fenomenining poetik matndagi voqelanishi Siddiq Mo‘min she’riyati misolida tadqiq etiladi. Shoir ijodida lisoniy shaxsning individual, milliy-madaniy, emotsional-ekspressiv va pragmatik qatlamlari lingvopoetik tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqot natijasida Siddiq Mo‘min poetik nutqida xalqona tafakkur, milliy qadriyatlar, oilaviy konseptlar, vatanparvarlik g‘oyalari hamda hikmatomuzlikning lisoniy shaxs shakllanishidagi o‘rni aniqlanadi.
lisoniy shaxspoetik matnlingvopoetikaantropotsentrik tilshunoslikpragmatikakonseptmilliy qadriyatSiddiq Mo‘minpoetik nutq.linguistic personality
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.