«FarDU­ ilmiy xabarlari» 7-том 2-нөмір (2026)

AMERIKA KRIMINAL BADIIY DISKURSIDA RASMIY VA NORASMIY “ADOLAT” KONSEPTLARI OPPOZITSIYASINING KOGNITIV-PRAGMATIK TALQINI

Azizov, Solijon

Дереккөзден оқу

Аңдатпа

Maqolada Amerika kriminal badiiy diskursida “adolat” konseptining rasmiy va norasmiy modellari o‘rtasidagi oppozitsiyaning kognitiv-pragmatik xususiyatlarini aniqlash maqsad qilindi. Tadqiqotning asosiy vazifasi badiiy matnda “adolat” tushunchasining turli kontekstlarda qanday realizatsiya qilinishini hamda uning diskurs doirasida qanday semantik va pragmatik mazmun kasb etishini ko‘rsatishdan iborat. Tadqiqot materiali sifatida amerikalik yozuvchi Mario Fransis Pyuzoning “The Godfather”, “The Sicilian”, “Omerta” va “The Last Don” romanlari tanlandi, chunki ushbu asarlarda kriminal diskursga xos til birliklari tizimli ravishda qo‘llanadi. Tadqiqotda kognitiv-semantik, diskursiv hamda pragmatik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil jarayonida “adolat” konseptini ifodalovchi leksik birliklar, dialoglar, baholash ifodalari va narrativ vaziyatlar o‘rganildi hamda rasmiy va norasmiy adolat modellari o‘zaro taqqoslandi. Shuningdek, “adolat” konseptining turli nutq vaziyatlarida qanday pragmatik mazmun kasb etishi aniqlashga alohida e’tibor qaratildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kriminal badiiy diskursda “adolat” konsepti yagona ma’noga ega bo‘lmay, u rasmiy huquqiy tizim bilan bog‘liq model hamda norasmiy ijtimoiy-guruhiy model doirasida namoyon bo‘ladi. Rasmiy adolat sud, qonun va davlat bilan bog‘liq holda ifodalansa, norasmiy adolat sadoqat, hokimiyat, oila va guruh qoidalari bilan bog‘lanadi. Tadqiqot natijasida kriminal badiiy diskursda “adolat” konseptining oppozitsion tuzilishga ega ekani hamda uning mazmuni nutq vaziyati va kommunikativ kontekstga bog‘liq holda shakllanishi aniqlandi. Bu esa “adolat” konseptosferasining diskurs doirasida ko‘p qatlamli va pragmatik xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi.

kriminal badiiy diskurs“adolat” konseptikonseptosferakognitiv-pragmatik tahlilrasmiy adolatnorasmiy adolatdiskurs tahlilisemantik maydonlingvopragmatikaoppozitsiya

Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.

Дәйексөз алу

APA 7
Azizov, Solijon (2026). AMERIKA KRIMINAL BADIIY DISKURSIDA RASMIY VA NORASMIY “ADOLAT” KONSEPTLARI OPPOZITSIYASINING KOGNITIV-PRAGMATIK TALQINI. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 7(2).
GOST R 7.0.5
Azizov, Solijon AMERIKA KRIMINAL BADIIY DISKURSIDA RASMIY VA NORASMIY “ADOLAT” KONSEPTLARI OPPOZITSIYASINING KOGNITIV-PRAGMATIK TALQINI // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2026. Т. 7. № 2.
BibTeX
@article{solijon2026,
  author  = {Azizov, Solijon},
  title   = {AMERIKA KRIMINAL BADIIY DISKURSIDA RASMIY VA NORASMIY “ADOLAT” KONSEPTLARI OPPOZITSIYASINING KOGNITIV-PRAGMATIK TALQINI},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2026},
  volume  = {7},
  number  = {2}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Azizov, Solijon
TI  - AMERIKA KRIMINAL BADIIY DISKURSIDA RASMIY VA NORASMIY “ADOLAT” KONSEPTLARI OPPOZITSIYASINING KOGNITIV-PRAGMATIK TALQINI
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2026
VL  - 7
IS  - 2
ER  -