«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 2 (2026)
MEDIADISKURSDA ILLOKUTIV AKTLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Xamdamova, Nargizaxon Abdulkosimovna
Аннотация
Mazkur maqolada ingliz tilidagi media matnlar misolida mediadiskursda illokutiv aktlarning pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi mediakommunikatsiyada nutqiy akt nazariyasining, xususan, illokutiv aktlarning kommunikativ funksiyalarini aniqlash va ularning auditoriyaga ta’sir mexanizmlarini ochib berishdan iborat. Tadqiqot jarayonida J. L. Austin va J. Searle tomonidan ishlab chiqilgan nutqiy akt nazariyasining asosiy qoidalari nazariy manba sifatida qo‘llanildi. Tadqiqotda pragmatik va diskursiv tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot materiali sifatida ingliz tilidagi onlayn yangiliklar, tahliliy maqolalar va siyosiy sharhlardan olingan media matnlar tanlab olindi. Ushbu matnlarda qo‘llanilgan illokutiv aktlar aniqlanib, ularning turlari va kommunikativ vazifalari tahlil qilindi.
mediadiskursnutqiy akt nazariyasiillokutiv aktpragmatikamediakommunikatsiya.media discoursespeech act theoryillocutionary actpragmaticsmedia communication.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.