«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-сан (2026)
AGRAR DISKURSNING SOTSIOKOGNITIV TAHLILI: LINGVISTIK VA KORPUS ASOSLARI
Toshxonov, Lochinbek
Аннотация
Mazkur maqolada agrar diskursning lingvistik va sotsiokognitiv xususiyatlari zamonaviy diskurs tahlili metodlari asosida o‘rganiladi. Maqolada agrar diskurs qishloq xo‘jaligi sohasida shakllanayotgan kommunikativ jarayonlarning muhim tarkibiy qismi sifatida talqin qilinadi. Agrar diskurs nafaqat agrar siyosat va iqtisodiy strategiyalarni ifodalovchi til birliklari majmui, balki ijtimoiy bilimlar tizimi, ideologik qarashlar va kognitiv modellarning til orqali ifodalanish shakli sifatida ham namoyon bo‘ladi. Maqolada agrar diskursning makro va mikrostruktur darajalari tahlil qilinadi hamda terminologik birliklarning semantik funksiyalari aniqlanadi. Maqola natijalari agrar diskursda terminologik birliklar, baholovchi leksika va kommunikativ strategiyalar muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Shuningdek, agrar diskurs qishloq xo‘jaligi siyosatini shakllantirishda hamda jamiyatda agrar bilimlar tizimini rivojlantirishda muhim kommunikativ vosita ekanligi aniqlanadi.
agrar diskursdiskurs tahlilisotsiokognitiv modelterminologiyakorpus lingvistikasi.agricultural discoursediscourse analysissociocognitive modelterminologycorpus linguistics.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.