«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 7 № 1 (2026)
TELENUTQDA EKOLOGIK DISKURSNING NAMOYON BO‘LISH SHAKLLARI
Ширинова, Мехригиё
Аннотатсия
Maqolada O‘zbekiston telekanallari nutqidagi ekologik diskursning shakllari o‘rganildi. Uzreport telekanalidagi “Yashil suhbat”, Yoshlar telekanalidagi “Rostini ayting” va Zo‘r TV dagi “O‘zimizda” dasturlari nutqi o‘rganilgandan so‘ng, ekologik xabardorlik va ekologik xulq-atvorni targ‘ib qilishda televideniyening munosib hissasi borligi, bu vazifani bajarishda ekologik diskurs shakli muhim vosita ekanligi ta’kidlangan. Muammoning dolzarbligi telenutqning ekologiyani atrof-muhit fanlari sifatida jamoatchilik tushunchasini sezilarli darajada kengaytirishi va jamoatchilik e'tiborini atrof-muhit muammolariga jalb qilishi bilan belgilanadi. Tadqiq obyekti nutqida ekologik mavzularning kommunikativ xususiyatlarini aniqlash uchun diskursiv tahlil, nutq birliklarining vaziyat bilan bog‘liqligini o‘rganish maqsadida kontekstual tahlil, tizimli ravishda tahlil qilish uchun kuzatuv metodi, aniqlangan diskursiv shakllarni izohlashda esa tavsifiy metoddan foydalanildi. Natijada televideniyeda ekologik diskurs shakllari dasturning shakli, janri va yo‘nalishiga qarab turlicha bo‘lishi, har bir shaklning ham o‘z o‘rni mavjudligi, ammo mazkur shakllar yetarligi bo‘lmaganligi bois narrativ, dialogik va emotsional kabi shakllar bilan boyitish lozimligi, shuningdek, ekologiyaga oid kontentlar ozligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda ekologik muammolarni ommaviy axborot vositalarida yoritish va jamoatchilikning yuqori ekologik xabardorligini shakllantirish har qachongidan ham zarurligini inobatga olib, omma e’tiborini jalb etadigan hamda ekologik ongni shakllantirishda samarali ekologik diskurs shakllaridan foydalanish o‘rinlidir.
ekologik diskurstelenutqommaviy axborot vositalarilingvistik tahlilmedia diskursecological discoursetelevision speechmass medialinguistic analysismedia discourse
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.