«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 7 № 2 (2026)
YURIDIK TERMINLARNING TARJIMADA MUVOFIQLASHTIRILISHI: O‘ZBEK–INGLIZ TILLARI MISOLIDA
Shukhratovna, Umida
Аннотатсия
Ushbu maqola o‘zbek va ingliz tillaridagi yuridik terminlarning tarjimada muvofiqlashtirilishi masalasini yoritadi. Tadqiqotda ikki huquqiy tizim o‘rtasidagi konseptual farqlar, terminlarning mazmun doirasi, ularning funksional vazifasi va huquqiy an’analardagi tafovutlar tarjima jarayonida qanday murakkabliklar tug‘dirishi tahlil qilinadi. Maqolada Susan Šarčević, Cornelis Sandrini va Gérard-René de Groot kabi olimlarning yuridik tarjima bo‘yicha nazariy yondashuvlariga tayanilgan holda funksional ekvivalentlik, tavsifiy tarjima, konseptual moslashtirish va terminlarni unifikatsiya qilish kabi samarali strategiyalar asoslab beriladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — o‘zbek–ingliz ikki tilli yuridik matnlarda aniqlik, izchillik va huquqiy ta’sirni ta’minlaydigan optimal terminologik muvofiqlikni shakllantirishga ilmiy-amaliy asos yaratishdan iborat.
huquqiy tarjimahuquqiy terminologiyafunksional ekvivalentlikkonseptual moslashtirisho‘zbek–ingliz tarjimasiqiyosiy huquq.legal translationlegal terminologyfunctional equivalenceconceptual adaptation
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.