«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-сан (2026)
TA’LIMIY DISKURSDA SUGGESTIV NUTQNING FATIK-PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Yuldasheva, Dilafruz
Аннотация
Mazkur maqolada ta’limiy diskurs doirasida suggestiv nutqning fatik-pragmatik xususiyatlari lingvopragmatik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi pedagogik muloqot jarayonida suggestiv nutq janrlarining kommunikativ vazifalari, xususan, aloqa o‘rnatish va uni barqarorlashtirishga xizmat qiluvchi fatik funksiyasi hamda adresat ongiga va xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatuvchi pragmatik mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Ishda maslahat, tavsiya, ogohlantirish kabi suggestiv janrlarning illokutiv-intensional tabiati, deontik modallik ko‘rinishlari, adresant va adresat o‘rtasidagi iyerarxik hamda ijtimoiy-psixologik munosabatlar tahlil etiladi. Shuningdek, nutqiy ta’sir samaradorligini belgilovchi ekstralingvistik omillar yoritiladi. Tadqiqot natijalari ta’limiy kommunikatsiyada suggestiv strategiyalarning funksional-pragmatik salohiyatini aniqlash va ularning diskursiv xususiyatlarini tizimlashtirishga xizmat qiladi.
ta’limiy diskurssuggestiv nutqfatik funksiyapragmatik mexanizmlingvopragmatikaillokutiv aktdeontik modallikkommunikativ strategiyapedagogik muloqotnutq janri.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.