«FarDU­ ilmiy xabarlari» Том 7 № 2 (2026)

UMUMBASHARIY G‘OYALARNING LIRIK IFODASI

Jurayev, Habibullo

Читать на сайте источника

Аннотация

Maqolada tinchlik-totuvlik, diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy tenglik singari bashariyatga daxldor g‘oyalarning Alisher Navoiy ijodidagi lirik ifodasi haqida so‘z boradi. Insonparvarlik, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va hamjihatlik g‘oyalari nafaqat Alisher Navoiyning, balki uning zamondoshlari bo‘lgan ijodkorlarning ham ilhom manbai, o‘zlarining hur fikrlarini ifodalash minbari bo‘lganligi shubhasiz. Daho ijodkorlarning bu boradagi hayotiy mulohazalari, falsafiy mushohadalari, mantiqiy xulosalari shu qadar jo‘shqinlik, shu qadar badiiy mahorat bilan aks ettiriladiki, ulardagi maqsad va g‘oyalar yaxlit bir badiiy manzara sifatida shuurimizga singadi. Ayniqsa, Alisher Navoiy ijodida insonning yuksak e’tiqodi, ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamolligi yetakchi g‘oyalardan biridir. Modomiki, inson Haq sirlarining mumtozi ekan, u turli illat va nuqsonlardan holi bo‘lmog‘i lozim. Shoir ijodida diniy bag‘rikenglik, hurfikrlilik g‘oyasi olg‘a surilar ekan, bu g‘oya tasavvuf ta’limotida belgilangan so‘nggi bosqich - Haq vasli bilan bog‘lanadi. Jamiyat manfaatidan o‘z manfaatini ortiq ko‘ruvchilar esa komillikka da’vogar bo‘la olmaydilar. Bu Haq vasliga erishish yo‘lidagi intilishlarda ham sezilib, sof e’tiqodli kishilar va xudbin kishilarni ikkiga ajratadi. Natijada, faqat jannatga tushish, hurlar bilan bo‘lish istagida ibodat qiluvchilar hurfikrli kishilardan tubanda turadilar.

: tarixiy davrbadiiy ijodijtimoiy tenglikdiniy bag‘rikenglikhurlik.Historical periodverbal creativityconsegeunces of nationrasial discriminationpeace

Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.

Цитировать

APA 7
Jurayev, Habibullo (2026). UMUMBASHARIY G‘OYALARNING LIRIK IFODASI. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 7(2).
GOST R 7.0.5
Jurayev, Habibullo UMUMBASHARIY G‘OYALARNING LIRIK IFODASI // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2026. Т. 7. № 2.
BibTeX
@article{habibullo2026,
  author  = {Jurayev, Habibullo},
  title   = {UMUMBASHARIY G‘OYALARNING LIRIK IFODASI},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2026},
  volume  = {7},
  number  = {2}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Jurayev, Habibullo
TI  - UMUMBASHARIY G‘OYALARNING LIRIK IFODASI
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2026
VL  - 7
IS  - 2
ER  -