«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 2 (2026)
“GO‘RO‘G‘LI” DOSTONI GENEZISI VA MIFO-EPIK TABIATI
Turdimuratova, Abadan
Abstract
Maqolada turkiy xalqlar og‘zaki ijodining yirik namunasi bo‘lgan “Go‘ro‘g‘li” dostonining kelib chiqishi va shakllanish jarayonlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Asarda dostonning tarixiy va mifologik ildizlari, xalq xotirasidagi o‘rni hamda qahramonning g‘ayritabiiy tug‘ilishi motivi alohida yoritiladi. Sharqiy (O‘rta Osiyo) va G‘arbiy (Kavkaz hamda Yaqin Sharq) variantlari o‘rtasidagi farqlar qiyosiy tahlil qilinib, ularning badiiy va ideologik xususiyatlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, “Go‘ro‘g‘li” dostonining paydo bo‘lish davri masalasida V. Jirmunskiy va X. Zaripovning ilmiy qarashlari, Sharqiy variantlar bo‘yicha T. Mirzayev va Sh. Turdimovning tadqiqotlari muhokama qilinadi.
dostongenezisobrazGo‘ro‘g‘lieposshajaraversiyavariantmotiv.epic
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.