«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-сан (2026)
BO‘RI OBRAZI TURLI MIFOLOGIK MOTIVLAR JAMLANGAN MIFOLOGIK KONSTRUKSIYA SIFATIDA
Nermin, Sadeddinli
Аннотация
Bo‘ri hayvon obrazi sifatida zoomorfik miflar tizimiga kiradi. Umuman olganda, zoomorfik miflar turkiy mifologik tizimda alohida o‘rin egallaydi. Ularga ilon, bo‘ri hamda turli qush ongonlari (Simurg‘ qushi, Oq qush, Qora qush va boshqalar) misol bo‘la oladi. Shu obrazlar ichida ayniqsa bo‘ri obrazi ko‘proq e’tiborni tortadi. Mazkur zoomorfik obrazlarga ham og‘zaki, ham yozma manbalarda duch kelish mumkin. Hozirgi kunda ham turkiy xalqlar orasida bo‘ri bilan bog‘liq marosimlar, urf-odatlar va e’tiqodlar mavjud. Buning sababi shundaki, bo‘ri turklar uchun milliy ramz hisoblanadi va u o‘zida kuch, iroda, qo‘rqmaslik, jasorat kabi sifatlarni mujassam etadi. E’tiqodlarga ko‘ra, uning moviy nur ichida paydo bo‘lib insonlarga ko‘rinishi uni muqaddaslashtirgan. Qiyin davrlarda u turklarga yo‘l ko‘rsatib, ularni mushkul vaziyatlardan qutqargan. Bo‘ri nafaqat bir oila yoki shaxsning, balki butun bir avlodning najotkori sifatida talqin etiladi. Ba’zi qadimgi turkiy dostonlarda u turli nomlar bilan tilga olinadi, jumladan “böri”, “börü”, “börteçine”, “ko‘k bo‘ri”, “gök böri” va boshqalar.
Bo‘riTurli syujetlarMifologemAfsonaZoomorfik miflarGrey WolfDiverse motifsMythologemeLegendZoomorphic myths
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.