«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 1-нөмір (2026)
O‘TKAN KUNLAR”NING JAHON TARIXIY ROMANCHILIGI BILAN QIYOSIY TAHLILI
Hayitov, Shavkat, Barotova, Xurshida
Аңдатпа
Maqolada istedodli o‘zbek adabi Abdulla Qodiriyning badiiy san’atkorlik mahoratini jahon tarixiy romanchiligining yetuk namunalari bilan qiyosiy o‘rgangan adabiyotshunos G‘. Murodov tadqiqotiga munosabat bildirilgan. “Yangi davr epopeyasi” - “Urush va tinchlik” bilan jahon adabiyotidagi “oltinchi romanchilik maktabi”ning birinchi namunasi - “O‘tkan kunlar” orasida moziyni badiiy in’ikos ettirishda, davr va inson tasvirida tarixiy-tipologik, genetik-shajaraviy aloqadorlik, vorisiylik, o‘xshashlik, ijodiy-badiiy mushtaraklikning belgi va alomatlari G‘.Murodov tomonidan aniqlanganligi to'g'risida aniq ma’lumotlar keltiriladi. “Urush va tinchlik” bilan “O‘tkan kunlar” o‘rtasidagi mushtaraklikni moziy tasviridagi ko‘lamdorlik, umuminsoniy miqyosdagi badiiy mushohada, xalq, millat tarixi, taqdiri, kelajagining ustuvor masalalari, qonuniyatlarini qahramon, personajlar timsolida mujassamlashtirish psixologik tahlilning izchilligi, teranligi, o‘tmishga, uning burilish nuqtalariga, tarixiy shaxslar va ulkan hodisalarga umuminsoniy qarash va ideallar asosida yondashishda ko‘rgan adabiyotshunos to'g'risida aniq mulohazalar keltiriladi. Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” epopeyasi, “Valter Skott romani” bilan “O‘tgan kunlar” orasida tarixni badiiy inikos ettirishda, davr va inson tasvirida tarixiy-tipologik, genetik-shajaraviy aloqadorlik, vorisiylik, o‘xshashlik, ijodiy-badiiy mushtaraklikning belgi va alomatlari G‘.Murodov tomonidan aniqlanganligi tahlillar asosida ko‘rsatilgan.
“O‘tkan kunlar”“Urush va tinchlik”“Valter Skott romani”manbaepik tasvirmahorat.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.