«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-сан (2026)
INGLIZ MIFOLOGIYASINI TALABALARGA O‘QITISHNING ZAMONAVIY ASOSLARI
Yulchiyev, Qahhor
Аннотация
Mazkur maqolada ingliz mifologiyasining adabiy, madaniy va til o‘rgatishdagi o‘rni yoritilib, uni universitet talabalariga zamonaviy didaktik yondashuvlar asosida o‘rgatishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida “Beowulf”, Qirol Artur afsonalari, kelt folklori kabi mifologik manbalar asosida talabalarning til kompetensiyasini, madaniyatlararo idrokini va adabiy tafakkurini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Mifologiyani o‘qitishda kontekstual o‘qish, dramatizatsiya, vizual metodlar, qiyosiy tahlil va ijodiy ifoda kabi usullarni qo‘llash samaradorligi asoslab beriladi. Mavzu o‘zbek talabalari orasida chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgan bir davrda ayni dolzarb ahamiyatga ega.
ingliz mifologiyasiBeowulfafsonadramatizatsiyametodikamadaniyatlararo tafakkurtil kompetensiyasimadaniy kontekst.English mythologyBeowulf
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.