«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 1-нөмір (2026)
SOVET DAVRIDA MAKTABLARDA TARIX FANINING JAMIYATSHUNOSLIK KOMPLEKS DASTURI BILAN ALMASHTIRILISHI MASALALARI
Qodirova, Ra'noxon
Аңдатпа
Mazkur maqolada sovet hokimiyatining dastlabki yillarida Turkiston hududida xalq ta’limi tizimini qayta tashkil etish jarayoni tahlil qilinadi. Bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelgach, eski mafkuraviy qarashlarni yo‘q qilish va yangi kommunistik g‘oyalar asosida ta’lim tizimini shakllantirishga alohida e’tibor qaratdilar. Maqolada 1917–1920-yillarda qabul qilingan muhim qaror va dekretlar, xususan maktabni cherkovdan ajratish, diniy ta’limni taqiqlash, yagona mehnat maktabi tizimini joriy etish hamda milliy maktablarni tashkil etish masalalari yoritiladi. Shuningdek, tarix fanining o‘qitilishidagi o‘zgarishlar, jamiyatshunoslik fanining joriy etilishi va sovet mafkurasi asosida yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi masalalari ham tahlil qilinadi. Maqolada Turkiston ASSR hududida ta’lim sohasida olib borilgan islohotlarning maqsadlari, ularning amaliy natijalari va mavjud muammolari ilmiy jihatdan ko‘rib chiqiladi.
sovet ta’lim tizimiTurkiston ASSRxalq maorifimehnat maktabijamiyatshunosliksovet mafkurasitarix ta’limimilliy maktablar.Soviet education systemTurkestan ASSR
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.