«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 1-son (2026)
MUSTAQILLIK DAVRIDA O‘ZBEKISTONDA MEHNAT QADRIYATLARINING SHAKLLANISHI
Artikov, Umidbek
Annotatsiya
Maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda mehnat qadriyatlarining shakllanish jarayoniga ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’siri tahlil etiladi. Unda, ayniqsa, yoshlarning mehnat jarayonlaridagi ishtiroki hamda ular ongida mehnatga oid qadriyatlarning shakllanib borish jarayoni alohida e’tibor markazida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot doirasida mustaqillikning dastlabki yillarida yuz bergan iqtisodiy islohotlar, bozor munosabatlariga o‘tish jarayoni hamda ularning mehnat munosabatlariga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur o‘zgarishlar natijasida sovet davrida shakllangan mehnat qadriyatlari va mehnatga bo‘lgan munosabatlarning transformatsiyasi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan yoritiladi. Maqolada yoshlar ongida mehnatsevarlik, tadbirkorlik va shaxsiy tashabbus kabi yangi mehnat qadriyatlarining shakllanish jarayoni ham muhim omil sifatida baholanadi.
kollektivlikrejali iqtisodiyotbozor iqtisodiyoti“O‘zbek modeli”xususiylashtirishaksiyadorlikmakroiqtisodiyotbandlik.collectivismplanned economy
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.