«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 1 (2026)
KIBERXURUJLARNING EVOLYUTSION RIVOJLANISHI
Evatov, Boʻrivoy
Abstract
Ushbu maqola zamonaviy kiberhujumlarning tarixi, asosiy shakllari va ularni oldini olishga qaratilgan texnik hamda tashkiliy vositalarni chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Dastlab, Internet tarmog‘i paydo bo‘lganidan so‘ng ro‘y bergan ilk zararli dasturiy hujum — 1988-yildagi Morris qurti voqeasi yoritilib, ushbu qurtning Unix tizimidagi zaifliklar orqali qanday tarqalganligi va iqtisodiy zarar ko‘lami ko‘rsatiladi. 1999-yilda yuz bergan Melissa virusi esa Microsoft Word va Outlook tizimlarining o‘zaro integratsiyasidan foydalanib, foydalanuvchilar ro‘yxatiga avtomatik xat jo‘natgan, va natijada millionlab AQSH dollariga teng zarar yetkazgan. Ushbu tarixiy hujumlar orqali zararli dasturlar (malware) qanday evolyutsiyalanganini ko‘rish mumkin. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kiberhujumlar tobora murakkab va uyushgan shaklga ega bo‘lib bormoqda, va ular global iqtisodiyotga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ularning oldini olishda texnologik himoya vositalarini inson omili bilan uyg‘unlashtirgan kompleks yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.
kiberhujumlar tarixizararli dasturlarfishingichki tahdidlarARPANETTCP/IPDNS oqishiinjeksion hujumaxborot xavfsizligikiberxavfsizlik strategiyalari
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.