«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 2-san (2026)
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GEOMETRIYA ELEMENTLARINI O‘QITISH METODIKASI
Xusanov, Xamrokul
Annotaciya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda geometriya elementlarini o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida geometrik tushunchalarni shakllantirish bosqichlari, samarali o‘qitish metodlari va vositalarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili, qiyosiy yondashuv, kuzatish va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijalarga ko‘ra, geometrik materialni ko‘rgazmali, amaliy va interfaol metodlar asosida o‘qitish o‘quvchilarning fazoviy tasavvuri, mantiqiy fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, geometrik tushunchalarni bosqichma-bosqich shakllantirish, ularni boshqa fanlar bilan integratsiyalash hamda didaktik o‘yinlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim amaliyotida geometriya elementlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.
geometriyageometrik tushunchaboshlang‘ich ta’limmetodikafazoviy tasavvurko‘rgazmalilikinterfaol metodmodellashtirishdidaktik o‘yin.geometry
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.