«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 2-сан (2026)
LOYIHAVIY TA’LIM ASOSIDA BO‘LAJAK SOTSIOLOGLARDA IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Yulbarsova, Xurshida
Аннотация
Ushbu maqolada loyihaviy ta’lim asosida bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati asoslab berilib, sotsiolog mutaxassislar tayyorlashda ijtimoiy kompetentlikning o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot davomida loyihaviy ta’limning mazmuni, uning didaktik imkoniyatlari va afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, real ijtimoiy muammolar asosida tashkil etilgan loyihalar orqali talabalarda muloqot, tahliliy fikrlash, muammo yechish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi asosiy pedagogik shart-sharoitlar, jumladan, interaktiv metodlardan foydalanish, refleksiya jarayonini tashkil etish, o‘qituvchining fasilitatorlik roli hamda baholashning kompetensiyaviy tizimini joriy etish masalalari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari loyihaviy ta’lim asosida bo‘lajak sotsiologlarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi.
loyihaviy ta’limta’lim jarayoniijtimoiy kompetentlikbo‘lajak sotsiologkasbiy salohiyatpedagogik tizimmuvofiqlilik-tizimlilikkreativlikijtimoiy muvofiqlikraqobatbardoshlik
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.