«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 2-san (2026)
BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING KASBIY TAYYORGARLIGIDA O‘QISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
Soliyev, Umidjon
Annotaciya
Maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi jarayonida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash usullari o‘rganilgan. O‘qish kompetensiyasi chet tilini o‘qitish metodikasining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, talabalarning akademik savodxonligi, tanqidiy fikrlashi va mustaqil bilim olish qobiliyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda oliy ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan raqamli va interaktiv texnologiyalar tahlil qilindi hamda ularning didaktik va metodik imkoniyatlari yoritildi. Tadqiqot davomida nazariy tahlil, qiyosiy tahlil va lingvodidaktik tahlil metodlari asosida o‘qishning uch bosqichli modeli (matn oldi – tayyorlov, matnni o‘qib tushunish va matndan keyingi bosqich) doirasida zamonaviy texnologiyalarni integratsiyalash mexanizmlari o‘rganildi. Olingan natijalarga ko‘ra, elektron resurslar, multimediya vositalari va interaktiv platformalar o‘qish jarayonini faollashtirib, talabalarning tahliliy va reflektiv ko‘nikmalarini samarali rivojlantiradi. Ayniqsa, uch bosqichli model asosida tizimli qo‘llanilgan texnologiyalar o‘qish samaradorligini oshirib, talabalarning funksional va tanqidiy o‘qish kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilishi aniqlandi.
o‘qish kompetensiyasibo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisizamonaviy ta’lim texnologiyalariraqamli ta’limuch bosqichli o‘qish modelilingvodidaktika.reading competencefuture English language teachermodern educational technologiesdigital education
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.